yulduz usmonova yana bahor / YULDUZ USMONOVA - SENI SEVERDIM (LIVE ) » Скачать новую музыку бесплатно

Yulduz Usmonova Yana Bahor

yulduz usmonova yana bahor

Bahor

Ko‘z ochgan kurtaklar ko‘zimga chiroy,

Bulbullar bayoti so‘zimga chiroy.

Tog‘da qolgan qorlar endi xush qoling,

Keldingmi munisam, onam, ko‘klamoy.

 

Biz seni sog‘indik, ey xokisorim,

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)

 

Seningsiz yozning ham yozligi yolg‘on,

Kuzning etagiga to‘kilmas xazon.

Qishning ertagini kim ham tinglardi,

Bag‘rida bahorni ko‘rmasa omon.

 

Orazi oftobim, ko‘zi xumorim

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×4)

 

Yomg‘irlaring boshqa, chaqmog‘ing boshqa,

Bulutlar yarashgan qabog‘ing boshqa.

Chehrangdan aylanay, jonim momo yer,

Yalpizlar yarashgan yanog‘ing boshqa.

 

Maysaning, chechakning, gulning egasi,

Oshiqlar axtargan baxtning egasi.

Men seni hammadan ko‘proq sog‘indim,

To‘tr fasl ichida ko‘nglim erkasi.

 

Ko‘zlarga sig‘magan, gulim, gulzorim,

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)

 

Topilgan tumorim, atru iforim,

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)

 

Bahor sözleri

Ko‘z ochgan kurtaklar ko‘zimga chiroy,

Bulbullar bayoti so‘zimga chiroy.

Tog‘da qolgan qorlar endi xush qoling,

Keldingmi munisam, onam, ko‘klamoy.

 

Biz seni sog‘indik, ey xokisorim,

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)

 

Seningsiz yozning ham yozligi yolg‘on,

Kuzning etagiga to‘kilmas xazon.

Qishning ertagini kim ham tinglardi,

Bag‘rida bahorni ko‘rmasa omon.

 

Orazi oftobim, ko‘zi xumorim

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×4)

 

Yomg‘irlaring boshqa, chaqmog‘ing boshqa,

Bulutlar yarashgan qabog‘ing boshqa.

Chehrangdan aylanay, jonim momo yer,

Yalpizlar yarashgan yanog‘ing boshqa.

 

Maysaning, chechakning, gulning egasi,

Oshiqlar axtargan baxtning egasi.

Men seni hammadan ko‘proq sog‘indim,

To‘tr fasl ichida ko‘nglim erkasi.

 

Ko‘zlarga sig‘magan, gulim, gulzorim,

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)

 

Topilgan tumorim, atru iforim,

Sen ham bizni sog‘indingmi, bahorim?(×2)

 

YORNI TARK ETMANG

Har kishining jahonda ko'nglidagi yor bo'lsin.
Sevgida saodati doim barqaror bo'lsin.

Yorning har takallumi, mo'miyodir, asaldir
Bir jon emas yuz jon ham yo'lida nisor bo'lsin.

Kim tark etsa yorini-yorini
Tinglamasa zorini-zorini
Hijronu iztirobga bir umr
Bir umrga duchor bo'lsin.

Qaro zulflar bo'yini unutsa agar har kim,
Shu kokillar qatlichun, bitta-bitta dor bo'lsin.

Muhabbat dil gavhari, chekkil ey hijronlari,
Biyron-biyron tillarda qo'shig'u alyor bo'lsin.

Kim tark etsa yorini-yorini
Tinglamasa zorini-zorini
Hijronu iztirobga bir umr
Bir umrga duchor bo'lsin.

ISHQING HASRATIDAN

Ishqing ishratidan,
vasling davlatidan,
Bexushman hayrona,
May ichmay mastona.

Bol olding bo'samdan,
Jon olding jussamdan.
Entikdim, elandim
Rohatga belandim.

Kuyimdagi hush sado,
Dilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u, bir xudo.

Bulbulim, bedorim,
Tundagi tumorim,
Menga o'xshab bo'lmas,
Sensiz yashab bo'lmas.

Dunyoning durisan,
Qalbimning qo'risan.
Begimsan, bekangman,
Erkamsan, erkangman.

Kuyimdagi hush sado,
Dilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u, bir xudo.

Naqorat

UYQUDAGI QIZ
Muhammad Yusuf she'ri

Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Bu dunyo hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.

AYLANAR

Yulduz uchdi, titradi osmon,
Yerda kimdir ketdi.
Biz yo'ldamiz, kimdir begumon
Manzilga yetdi.

Bu dunyo yashnar, bo'lmas sahro
Yaxshilar mehridan.
Odamzot yashar, to'ymas aslo
Hayot sehridan.

Aylanar, kun va tun aylanar
Abadiy!

Kecha tindi, uyg'ondi zamin
Kimdir boshlar qo'shiq.
Olam kimning ko'ziga rangin
Kim yana oshiq.

Bu hayot shunday oqar daryo,
Oqadi hech tinmay.
Erta bugunday kelar ammo
O'zga butunlay.

Aylanar, bu gardun aylanar,
Abadiy!
Aylanar, kun va tun aylanar,
Abadiy!

Naqorat

ONAMGA
Muhammad Yusuf she'ri

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?

Sha`ningga kuy bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..

AYOLLAR

Taqdirmi yo hayot o'yini,
Yana ezdi dilni xayollar.
Taratadi chetda bo'yini,
Ayrim qizlar, ayrim ayollar.

Turkman qizdan rashklar qildim, men
Qopingizga g'ashlar qildim, men
Qadringizni Arshgda bildim, men
Jon qizlarjon, jonon ayollar.

Qasam edi hayo nomida,
Qo'l yetmasdi baland tomiga,
Qaydan tushdi nafsning domiga,
Bizning qizlar, bizning ayollar.

O'zimizga o'zlikka qayting,
Oftobdek sof yuzlikka ayting,
dardingizni o'zbekka ayting,
Jon ayollar, jonon ayollar.

Or-nomusni keltirmang dodga,
Vatan nomin qo'ymang isnodga,
Ermak bo'lmang o'zbekdan yotga,
Jon ayollar, jonon ayollar.

Ishq-vafoning taxti siz bilan,
Millat ko'rki ahdi siz bilan,
Er-yigitning baxti siz bilan,
Jon qizlarjon, jonon ayollar.

To'marislar axir o'zingiz,
Kumushbibi sizning qizingiz,
Jannat bo'lsin bosgan izingiz,
Jon qizlarjon, jonon ayollar.

Sizni ko'rib dunyo lol qolsin,
xavas qilib sovchilar solsin,
Dardingizni o'zbegim olsin,
Jon qizlarjon, jonon ayollar.

O`ZBEKISTON
Muhammad Yusuf she'ri

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

BER, ALLOHIM

Ta'magirni tortqilab
Nafsi qo'ymas, deydilar,
Nokas o'zi to'ysa ham,
Ko'zi to'ymas, deydilar.

Yolg'on dunyo bu dunyo,
Arzon dunyo bu dunyo,
Necha hokim beklardan
Qolgan dunyo bu dunyo.

Orzularim uchtasin,
Uchtasimas o'ntasin,
O'ntasinmas hammasin
Ber Allohim, ber, ber.

Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo`ymading odamzod.
Tuya to`ydi, fil to`ydi,
Sen to`ymading, odamzod.

Kiprikdan ham qisqadir
Molu dunyo yo`llari.
Ibrat bo`lsin Iskandar
Ochiq ketgan qo`llari!..

Orzularim uchtasin,
Uchtasimas o'ntasin,
O'ntasinmas hammasin
Ber Allohim, ber, ber.

Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?..

Naqorat

SENI OSMONIMGA OLIB KETAMAN
Muhammad Yusuf she'ri

Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g`ussam o`zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!..

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman

O`ylamay deymanu o`ylamay bo`lmas,
O`tsang sen tomon bir bo`ylamay bo`lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so`ylamay bo`lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..

BOLALIK

Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar,
Umr - karvon to'xtamaydi, mangu ketar,
Yuragimga zangor sog'inch tig'day botar,
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Maysa gilam, yalangoyoq chopar edim,
Ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim,
Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Bolalikning ko'chalari tor emasdi,
G'am-tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi,
Yulduzjonim o'kinchlarga zor emasdi,
Ay sho'xligim sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani?
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani?
Dugonajon sen ham meni sog'indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'lon, ayt sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

O`G`LIM JIGARGO`SHAM
Muhammad Yusuf she'ri

O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi dard,
Kelsang bir ko`rsamu… o`lsam mayliga.

Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman,
Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay.
Sog`misan ishqilib qo`rqaman, bolam,
Uzoq-uzoqlarda yolg`iz yurasan

Hayhotdek hovlida qoldim bir o`zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Kundamas, oydamas, yilda eslagin,
Nahot achinmaydi joning onagga.

Sog`misan ishqilib qo`rqaman, bolam,
Uzoq-uzoqlarda yolg`iz yurasan

O`g`lim, jigargo`sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi dard,
Kelsand bir ko`tarib chiqqin hovliga.

Qo`lingda jon berib o`lsam mayliga…

BU YO'LLAR

Dili bo'lak odamlarning yo'li bo'lak,
Kimga boylik, kimga obro', mansab kerak.
Turfa yo'lda turfa odam ketib borar,
O'z dardida bu yo'llardan o'tib borar.

Oh qayg'usi ko'p demang siz bu bayotning
Og'riq-og'riq nuqtalari ko'p hayotning.
Bu yo'llardan olib ketmas ko'p olgan ham
Bu yo'llarda qolib ketmas och qolgan ham.

Bu yo'llar, yo'llar, bizlarni chorlar,
Ham yaxshi-yomoni bir joyga borar.

Darig' dunyo har kasomat roh guzarat,
Iloj netki goh istoda goh guzarat,
Bar yak manzil hoh gado hoh shoh guzarat,
Taqdir donat ki chorbog'ki choh guzarat.

Imrohi roho morome barat,
Hohi nek, hohi bad yak jome barat.

Bu yo'llar, yo'llar, bizlarni chorlar,
Ham yaxshi-yomoni bir joyga borar.

OTA
Muhammad Yusuf she'ri

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.

DUNYO

So'zim tingla, dunyo bir muddat
Bunchalar ham ishlaring g'alat.
Yaxshilarni g'amlarga ko'mib,
Yomonlarga qilding muruvvat.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosan
Qadamingni qandoq qo'yasan, nohaq dunyosan!

Bo'lsa agar ko'zlaring ochiq,
Qilmishingga bir-bir boqib chiq.
Dunyo bo'lsang keng bo'lgin dunyo,
Va barchaga teng bo'lgin dunyo!

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Nohaq dunyosan
Qadamingni qandoq qo'yasan, yorug' dunyosan!

Nokaslarni bor qiladursan,
Kimki haqso'z xor qiladursan,
Egrilarga eshmisan, so'zla
Nechun g'alat kor qiladursan.

Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Torozingni qanday qo'yasan, yorug' dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Bir kam dunyosan.
Kimni xo'rlab, kimni suyasan, achchiq dunyosan!
Dunyo! Dunyo! Haqsiz dunyosan
Qadamingni qandoq 1qo'yasan, nohaq dunyosan!

AYTINGLAR
Muhammad Yusuf she'ri

G'irot mingan Go'rog'li
Bobom qani, aytinglar,
Qo'ng'irotlik Alpomish
Og'am qani, aytinglar

Tustovuqday tovlangan
Olam qani, aytinglar.
Ko'lda kiyik ovlangan
Dalam qani, aytinglar.

Kokillari yer o'pgan
Sanam qani, aytinglar.
Kuyib ketgan jonimga,
Malham qani, aytinglar

Dardim aytsam tushungan
Odam qani, aytinglar?..

Ko'nglim gulday ezilib,
Ko'zimga yosh to'lyapti
Eh, quyoshga osilib,
Botib ketgim kelyapti!

YETIM BOLA

Onalikni mehri yo'q sira,
Meni tuqqanga bir so'zim bor.
Garchi unga qattiq botsa ham,
Qalbim aytishga qildi qaror.

Bir daqiqa rohating o'ylab,
Meni baxtsiz qilib yaratding.
Tashlab ketib, sen qaytmas yo'lga
Ko'zimdan yosh to'kib qaratding.

Bundek mudhish niyat bor ekan,
Nechun bag'ringda ko'p saqlading.
Endi bo'lsa berahmga xos
Ekaningni o'zing xohlading.

Mehringga men intizor bo'lib
Qolishimni o'ylamandingmi?
Ko'cha-ko'yda sensiz xor bo'lib
Yurishimni o'ylamadingmi?

Mendek qahshab qolgan farzandni
Uvoli tutmaydimi seni?
Tirnog'imga so'ngra zor bo'lib,
Yurmasmisan axtarib meni.

Ona suti ne ekanini mendan emas
Totgandan so'rang,
Yurakdagi dardim aytarga
Hech yaqini yo'qlardan so'rang.

Nahotki mendek farzandni
Uvoli tutmasmikan seni?
So'ngra esa tirnog'imga zor bo'lib,
Axtarib yurmasmisan meni.

HASRAT

Gulim titramagin hasratlarimdan,
Bezima, sendan ham bezib ketaman.
Yuragim yeb yotgan alamlarimni
Senga ham aytmasam, kimga aytaman.

Aytmasam, aytolmasam
Dardim bo'lisholmasam
Senga ham aytmasam
Kimga aytaman?

Men hali bahorni ko'rmagan chechak,
Tilsimlar qo'yilgan, dard to'la ertak,
Ikki dunyo aro bo'lganim ermak,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman.

Aytmasam, aytolmasam
Dardim bo'lisholmasam
Senga ham aytmasam
Kimga aytaman?

Asli ko'rmaganim qadrim sog'indim,
Betoqat jon bilan sabrim sog'indim,
To'g'risi qaro yer, qabrim sog'indim,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman.

Aytmasam, aytolmasam
Dardim bo'lisholmasam
Senga ham aytmasam
Kimga aytaman?

Xo'rsinma, men yana savob etaman,
Haqqa yolvoraman, dardga yetaman,
Ajal sari ketdim, Mahshar qaytaman,
Senga ham aytmasam, kimga aytaman.

Aytmasam, aytolmasam
Dardim bo'lisholmasam
Senga ham aytmasam
Kimga aytaman?

UCHMOQDAMAN

Talpinganim bir umr
Qafassiz hayot edi,
Topmoqlik qanot edi

Derdim bu go'zal osmon
Koshkiydi topsam imkon
Qush kabi uchsam edi

Uchmoqdaman

Meni chorlar keng samo
Bag'rida yo'qdur tuzoq.
Parvoz uchun shayman ammo
Osmon mendan ko'p uzoq.

Ko'kdek toza bo'lay desam,
G'uncha ochib kulay desam
Yer ham muncha qattiq ekan.

Orzuimga yetgum bir kun
Osmonlardan izlang meni,
So'ng manzildan ko'zlang meni.

Uchmoqdaman

Meni chorlar keng samo
Bag'rida yo'qdur tuzoq.
Parvoz uchun shayman ammo
Osmon mendan ko'p uzoq.

Naqorat

YANA BAHOR KELGUNCHA

Har bahor chokidan so'kilar yillar,
Tiriklik yo'lida to'kilar yillar,
Umr karvoniga qo'shilar yillar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

Hayot qaramaydi ko'ngil mayliga,
Boqmagil, jonginam zamon zayliga,
Chiqaylik, g'animat gullar sayliga,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

Dunyoni unutgan insonni unutar,
Ko'zlarni kuydirgan jononni unutar,
Bugun orzu, erta armonlar o'tar,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

Kim yetar manzilga, kim yetmas balki,
Yuz yillik chinorlar kesilar balki,
Bu qushlar bog'larni tark etra balki,
Kim bor, kim yo'q yana bahor kelguncha.

SEVGILIM

Temirdanmi bu boshim tosh ko'rinur,
Yomg'irlarmi ko'zimdagi yosh ko'rinur,
Jonim ikki o't ichida losh ko'rinur,
Sevgilim!

Sevgilim, siz desam kuyinar dilim,
Sevgilim, siz desam suyinar dilim,
Sevgilim, siz desam o'yinar yo'lim,
Sevgilim, sevgilim!

Muhabbat olovdir, muhabbat isyon,
Har kuni ming o'lib qolgumdir omon,
Muhabbat bir qadam, yetishi gumon.
Sevgilim!

Sevgilim, dunyoga malol yaraldim,
Ishqning qo'llarida uvol yaraldim,
Men nechin, men nechun ayol yaraldim,
Sevgilim!

Sevgilim, siz desam kuyinar dilim,
Sevgilim, siz desam suyinar dilim,
Sevgilim, siz desam o'yinar yo'lim,
Sevgilim, sevgilim!

Naqorat

MUHABBATIM

Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman

Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman

Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman

Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman

BEGONA

Bu oqshom bizlarga havas qilishgay nechalar
Dardim sirlarim bilishib, kutadi kechalar.
Doim birga birga bo’lin, umrbod yonimda qolin SEVGILIMSIZ
Mayli boshqa shohga qo’nin, lekin inga doim qaytin

Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman

Bir juft qushchalar ham nafas bo’lishgay qanchalar
Nahot insonlar yorga yor bo’lolmas shunchalar
Doim birga birga bo’lin umrbod yonimda qolin SEVGILIMSIZ
Mayli boshqa shohga qo’nin, lekin inga doim qaytin

Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman

Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman
Bu dunyoda ham devona ham begonaman

Begona
Devona

KO'RMASAM BO'LMAS

Yelkamga yuk tashladi osmon
Bu azoblar bu azoblar qo’ygaymi omon?
Tushun seni sog’indim yomon
Seni bugun, seni bugun ko’rmasam bo’lmas

Eh bunchalar bo’lmas, ko’rmasam bo’lmas
Seni bugun diydoringa to’ymasam bo’lmas
Eh bunchalar bo’lmas, to’ymasam bo’lmas
Seni bugun jonim, jonginam ko’rmasam bo’lmas

Balki quyosh kular ertaga oooooooooooo
Ochiladi ochiladi gullar ertaga
Nima bo’lsa bo’lar ertaga
Seni bugun, seni bugun ko’rmasam bo’lmas

Eh ko’rmasam bo’lmas, to’ymasam bo’lmas
Seni bugun diydoringa to’ymasam bo’lmas
Bunchalar bo’lmas to’ymasam bo’lmas
Seni jonim jonim jonginam ko’rmasam bo’lmas

Uzun kunlar bunchalar mag’zun
Mag’zun kunlar, mag’zun kunlar bunchalar uzun
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun, seni bugun ko’rmasam bo’lmas

Eh bunchalar bo’lmas, ko’rmasam bo’lmas
Seni bugun jonim jonginam ko’rmasam bo’lmas
Bunchalar bo’lmas, to’ymasam bo’lmas
Seni bugun diydoringa to’ymasam bo’lmas

Eh bunchalar bo’lmas ko’rmasam bo’lmas
Seni bugun jonim jonginam ko’rmasam bo’lmas
Bunchalar bo’lmas to’ymasam bo’lmas
Seni bugun diydoringa to’ymasam bo’lmas

IKKI DARAXT

Bog’ qo’ynida ikki daraht bir biriga intizor
Sen bir daraht men bir daraht
Yig’lab yig’lab o’tdik yor
Bog’ qo’ynida ikki daraht bir biriga intizor
Sen bir daraht men bir daraht
Yig’lab yig’lab o’tdik yor

Ammo bahor kelganida ochilish kerak ekan
Guli meva hazon bo’lib sochilish kerak ekan
Ammo bahor kelganida ochilish kerak ekan
Guli meva hazon bo’lib sochilish kerak ekan

Shamollarga dilim yordim guli yaproq tilida
El kaftida olib kelgan har shiviring dilimda
Har shiviring dilimda

Yerga bog’lab qo’yilganman ildizim er ostida
Kechalari shovullayman boqib bo’yu bastinga
Yerga bog’lab qo’yilganman ildizim er ostida
Kechalari shovullayman boqib bo’yu bastinga

Ammo yashah kerak ekan ochilmoq kerak ekan
Guli meva hazon bo’lib sochilmoq kerak ekan
Sochilmoq kerak ekan

Bog’ qo’ynida ikki daraht bir biriga intizor
Sen bir daraht men bir daraht
O’ksib o’ksib o’tdik yor
Bog’ qo’ynida ikki daraht bir biriga intizor
Sen bir daraht men bir daraht
Yig’lab yig’lab o’tdik yor

Bog’ qo’ynida ikki daraxt.

Akrom Ibodullayev va Yulduz Usmonova

OSHIQLIK NADUR

Sevgi nima, sevgi-yo?
Jon-jahonim kuydi-yo.
Savol bersam suluvlar
Nechun mendan kuldi-yo?

Sevgi - qirg'oqsiz daryo,
Sevgi - hofizsiz navo.
Sevsang-u, sevilmasang
Sevgi - chiroqsiz dunyo!

Naqorat:
Nadur, nadur, voy nadur
Oshiqlik o'zi nadur?
Saning joning mandadur,
Manim jonim sandadur.

Bir savol bor ko'nadur,
Jismu jonim yonadur.
Oshiqlik o'zi nadur?
Ma'shuqlik o'zi nadur?

Oshiq - yerning bulbuli,
Ma'shuqa - osmon guli.
Ikkisi ham aslida
Bilsang, Allohning quli!

Naqorat

Oshiqning baxti qayda?
Ma'shuqning taxti qayda?
Sevgi yashab qolurmi -
Baxting boqmagan joyda?

Oshiq baxti mehrida,
Ma'shuq taxti sehrida.
Sevsi - sirdir, sochmagin
Qolsin u dil bag'rida!

Naqorat

FARYODIM TINGLA OLLOHIM

Ko’zlarimga kulib turib orqamdan tosh otganlar ko’p
Qo’shiqlarim kuylab yurib yo'lim poylab yotganlar ko'p
Hayotimda mening sevgim oyoq osti qilgan ham bor
Tuzin ichib tuzlig’imga tupirgan do’stlarim ham bor
Faryodim tingla Ollohim

Ollohim senga hiyonat qildim o’zing kechir meni
Sendan o’zgani do’st dedim uyim kuydi kechir meni
Sendan o’zgani yor dedim dilim vayron kechir meni
Panohingga olgin meni gunohlarim kechir meni
Faryodim tingla Ollohim

Omad kelsa chor atrofdan maqtovlaru olqishlar ko’p
Yo’ldan toyib yiqilganda yuzimga loy chapganlar ko’p
Boshga kulfat tushganida do’stu yorni ajratdim hop
Aytilmagan yahshi qo’shiq qalbim chertgan kuylarim ko’p
Hasratim tingla Ollohim

Ollohim senga hiyonat qildim o’zing kechir meni
Sendan o’zgani do’st dedim uyim kuydi kechir meni
Sendan o’zgani yor dedim dilim vayron kechir meni
Panohingga olgin meni gunohlarim kechir meni

Ollohim senga hiyonat qildim o’zing kechir meni
Sendan o’zgani do’st dedim uyim kuydi kechir meni
Sendan o’zgani yor dedim dilim vayron kechir meni
Panohingga olgin meni hiyonatim kechir meni
Faryodim tingla Ollohim

BOSHQALARGA ALMASHTIRMANG

Ko’zingizda ko’zim qolib ketsin mening,
So’zingizdan so’zim tonib ketsin mening.
Izingizda izim qolib ketsin mening
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!

Dardingizda kuyib ketdim, yo pirimey!
Armonlarga to’yib,bitdim, yo pirimey!
O’zimdan ham suyib o’tdim, yo pirimey!
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!..

Ta’rifingiz izlay, toki so’zim tirik,
Fido bo’lib yashagayman, o’zim tirik,
Xiyonatni kechirmaydi, ko’zim tirik,
Faqat meni boshqalarga almashtirmang!..

BIR KAM DUNYO

Bu dunyoning yarmi baxt yarmi qayg’u
Bu dunyoning yarmi dard yarmi kulgu
Bu dunyoning yarmi chin yarmi yolg’on
Bu dunyoning yarmi do’st yarmi dushmon

Bu dunyoning yarmi o’ch yarmi alam
Bu dunyoning yarmi to’y yarmi motam
Ikki yor bir butun bo’lolmadik
Ishqimizga umrlar tilolmadik

Bu birkam dunyo bo’lsa
Tun yarim kunduz yarim
Inson butun man desa
Baxt yarim omad yarim

Bu birkam dunyo bo’lsa
Tun yarim kunduz yarim
Inson butun man desa
Baxt yarim omad yarim

Hech bo’lmasa baxtim deb meni alda
Sochlaringni silashga qo’lim kalta
Osmonimda oy bo’lib bir to’lmasang
Men nechun hofiz bo’ldim sen bo’lmasang

Tilimga bir so’z keldi shu asnoda
Uchrashamiz ikkimiz u dunyoda
Bu dunyoning yarmi baxt yarmi qayg’u
Bu dunyoning yarmi dard yarmi kulgu

Bu birkam dunyo bo’lsa
Tun yarim kunduz yarim
Inson butun man desa
Baxt yarim omad yarim

Bu birkam dunyo bo’lsa
Tun yarim kunduz yarim
Inson butun man desa
Baxt yarim omad yarim

Bu birkam dunyo bo’lsa
Tun yarim kunduz yarim
Inson butun man desa
Baxt yarim omad yarim

Bu birkam dunyo bo’lsa
Tun yarim kunduz yarim
Inson butun man desa
Baxt yarim omad yarim.

nest...

çamaşır makinesi ses çıkarması topuz modelleri kapalı huawei hoparlör cızırtı hususi otomobil fiat doblo kurbağalıdere parkı ecele sitem melih gokcek jelibon 9 sınıf 2 dönem 2 yazılı almanca 150 rakı fiyatı 2020 parkour 2d en iyi uçlu kalem markası hangisi doğduğun gün ayın görüntüsü hey ram vasundhara das istanbul anadolu 20 icra dairesi iletişim silifke anamur otobüs grinin 50 tonu türkçe altyazılı bir peri masalı 6. bölüm izle sarayönü imsakiye hamile birinin ruyada bebek emzirdigini gormek eşkiya dünyaya hükümdar olmaz 29 bölüm atv emirgan sahili bordo bereli vs sat akbulut inşaat pendik satılık daire atlas park avm mağazalar bursa erenler hava durumu galleria avm kuaför bandırma edirne arası kaç km prof dr ali akyüz kimdir venom zehirli öfke türkçe dublaj izle 2018 indir a101 cafex kahve beyazlatıcı rize 3 asliye hukuk mahkemesi münazara hakkında bilgi 120 milyon doz diyanet mahrem açıklaması honda cr v modifiye aksesuarları ören örtur evleri iyi akşamlar elle abiye ayakkabı ekmek paparası nasıl yapılır tekirdağ çerkezköy 3 zırhlı tugay dört elle sarılmak anlamı sarayhan çiftehan otel bolu ocakbaşı iletişim kumaş ne ile yapışır başak kar maydonoz destesiyem mp3 indir eklips 3 in 1 fırça seti prof cüneyt özek istanbul kütahya yol güzergahı aski memnu soundtrack selçuk psikoloji taban puanları senfonilerle ilahiler adana mut otobüs gülben ergen hürrem rüyada sakız görmek diyanet pupui petek dinçöz mat ruj tenvin harfleri istanbul kocaeli haritası kolay starbucks kurabiyesi 10 sınıf polinom test pdf arçelik tezgah üstü su arıtma cihazı fiyatları şafi mezhebi cuma namazı nasıl kılınır ruhsal bozukluk için dua pvc iç kapı fiyatları işcep kartsız para çekme vga scart çevirici duyarsızlık sözleri samsung whatsapp konuşarak yazma palio şanzıman arızası